Avstraliyaning Melbrun shahrida joylashgan hayvonot bog`iga kelgan tomoshabinlarni urg`ochi orangutan o`z raqsi bilan xushnud qildi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.
Bu videoyozuvni7 News telekompaniyasi o`zining Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirgan. 29 iyul kuni qo`yilgan videorolik 925 ming marotaba tomosha qilingan.





