AsosiyJamiyat

Ikkinchi kungi test sinovlarining natijalari e`lon qilindi

'Ikkinchi kungi test sinovlarining natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

2022 yil 9 avgust kuni oliy ta`lim muassasalari bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi.

Davlat test markazi xabariga ko`ra, 9 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 4 xil usulda bilishi mumkin.

Ular:

my.dtm.uz saytining «Natijani olish» bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID-raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturient ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

abiturient ruxsatnomasi quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

    Boshqa yangiliklar