AsosiyJamiyat

Rossiyada bir necha oydan buyon ish haqini ololmay yurgan o`zbekistonliklarning pullari undirib berildi (video)

'Rossiyada bir necha oydan buyon ish haqini ololmay yurgan o`zbekistonliklarning pullari undirib berildi (video)'ning rasmi

Bir guruh yurtdoshimizning 900 ming rublga yaqin ish haqlari undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko`maklashish markazi tomonidan Moskva viloyatidagi “Servis-s” korxonasida ishlayotgan 7 nafar yurtdoshimizning aprel, may, iyun va iyul oylari uchun jami 900 ming rublga yaqin ish haqlari ish beruvchidan undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar