DXX tomonidan OTMga o`qishga kiritish bilan bog`lik noqonuniy holatlarga chek qo`yildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, DXXning Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Andijon tumanida yashovchi, 1982 y.t. shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon shahridagi oliygohlardan biriga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtda ushlandi.
Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda esa Oqqo`rg`on tumanida yashovchi, 1973 y.t. shaxs firibgarlik yo`li bilan mahalliy fuqarodan uning tanishini poytaxtdagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga o`zining tanishi orqali o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo`lga olindi. So`ngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo`lgan ushbu oliy ta`lim muassasasi xodimi ham 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, guyoki o`zini Davlat test markazi xodimi deb tanishtirgan, 1997 y.t., Toshkent shahridagi universitetlardan birining magistranti fuqarodan uning Tojikiston Respublikasidagi institutlaridan birida ta`lim olayotgan qarindoshining o`qishini Toshkent shahridagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga ko`chirib berish evaziga 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
DXXning Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda Bekobod shahar IJQK departamenti xodimlarihamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahridagi MChJlardan birining ish boshqaruvchisifuqarodan uning Tojikistondagi oliy ta`lim muassasalaridan birida tahsil olayotgan qarindoshini Toshkent shahridagi universitetlardan biriga ko`chirib berish evaziga 2200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Xuddi shunday, Bekobod tumanida yashovchi, 1999 y.t., xozirda Tojikistondagi universitetlardan birining talabasimazkur oliygohdagi boshqa talabaning o`qishini O`zbekiston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga ko`chirib berish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






