Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi test materiallari tarqaldi. Holatga DTM munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, fizika va matematika fanlaridan test topshiriqlari aks etgan 6410554 raqamli test topshiriqlari kitobi 12 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o`tkazilgan test sinovlariga taalluqli.
Mazkur abiturient test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.






