1

Ekoqo`mita raisi 6 ta xizmat mashinasidan foydalanadimi?

Jamiyat 14.08.2022, 10:15
Ekoqo`mita raisi 6 ta xizmat mashinasidan foydalanadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekoqo`mita raisi bir vaqtning o`zida 6 ta xizmat mashinadan foydalanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Qo`mita ushbu xabarlarni rad etdi.

Ta`kidlanishicha, qo`mita rahbariyati xizmat avtomashinalaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarga asosan foydalanib kelmoqda. Qo`mita raisiga 1 ta "Mersedes" avtotransport vositasi biriktirilgan. Shuningdek, zarur hollarda xizmat vazifasini o`tash davomida olis va chekka hududlarga xizmat safari vaqtida yoqilg`i xarajatlarini tejash maqsadida texnik ko`mak mablag`lari hisobidan xarid qilingan navbatchi elektromobil ishlatilishi mumkin.

 

- Shu bilan birga, shuni ma`lum qilamizki, joriy yilning o`tgan davrida Qo`mitaning barcha hududiy bo`linmalari, shu jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining olis va chekka hududlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 40 dan ortiq avtotransport vositalari ("Niva", elektromobil, "Damas") xorijiy hamkorlarning texnik ko`mak mablag`lari hisobidan xarid qilindi. Ta`kidlash lozimki, ushbu avtotransport vositalari xaridi uchun byudjet mablag`lari umuman sarf qilinmagan.

Fursatdan foydalanib, Davlat ekologiya qo`mitasi shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro`sizlantirilishiga olib keladigan yolg`on, asoslanmagan axborotni tarqatganlik uchun O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli javobgarlik normalari belgilanganligini eslatib o`tamiz, - deyiladi Qo`mita matbuot xizmati xabaridi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1