Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib oldi. Bu haqda Uzbekistan Airpots xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda uchib ketish va uchib kelish zallariga kerakli miqdorda yuk aravachalari etkazildi.
Eslatib o`tamiz, bir oy oldin Toshkent aeroportida yuk aravachalari bilan bog`liq qiyin vaziyat yuzaga kelgan edi. “Abadiya Trade” xususiy korxonasi oldindan ogohlantirmasdan va shartnoma shartlarini buzgan holda ushbu xizmatni ko`rsatishdan bosh tortgan va barcha yuk aravachalarini olib ketgan edi. “Uzbekistan Airpots” boshqaruv kompaniyasi mintaqaviy aeroportlardan bir qancha yuk aravachalari Toshkentga olib kelishga, shuningdek, qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchidan aravachalar partiyasiga buyurtma berishga majbur bo`lgandi.
Ayni paytda “Toshkent” aeroporti o`z bagaj aravachalari bilan to`liq ta`minlangan. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat ko`rsatish aravachalari ham keltiriladi.






