AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Xalq ta`lim bo`limi xodimi pora bilan qo`lga olindi

'Surxondaryoda Xalq ta`lim bo`limi xodimi pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 3 avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda Departamentining Qiziriq tuman bo`limi tezkor xodimlari tomonidan tadbir o`tkazildi.

Unda Qiziriq tuman XTB eksplutasiya bo`limi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumta`lim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSh dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda H.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar