AsosiyJamiyat

2022 yilning 1-yarmida mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 mlrd so`mdan ortiq jarimaga tortildi

'2022 yilning 1-yarmida mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 mlrd so`mdan ortiq jarimaga tortildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2022 yilning 1 yarim yilligida mehnat munosabatlariga oid jami 11 ming 600 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 6 551 tasi qanoatlantirilgan, 4 546 tasiga tushuntirish berilgan. 

 Yarim yilda 14 066 ta tashkilot va korxonalarda o`rganishlar o`tkazilgan va mehnat sohasiga oid 41 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Natijada 5 935 nafar mansabdor shaxsga 12 mlrd 57 mlndan ortiq ma`muriy jarima qo`llanilgan. 
Sud organlariga 1000dan ortiq da`vo ariza kiritilib, 5 mlrdan ortiq oylik ish haqi va boshqa to`lovlar undirildi.


 

    Boshqa yangiliklar