AsosiyJamiyat

Mahallalarni rivojlantirish uchun alohida jamg`armalar tashkil qilinadi

'Mahallalarni rivojlantirish uchun alohida jamg`armalar tashkil qilinadi'ning rasmi

“Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, har bir mahallada Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg`armasi tashkil etildi.
Jamg`armalar mablag`lari quyidagilardan shakllantiriladi:
▫️mahalladagi 2 000 kvadrat metrgacha bo`lgan davlat ob`ektlarini sotishdan tushadigan mablag`lar;
▫️mahallaning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan mablag`lar;
▫️xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablag`lar;
▫️mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag`lar;
▫️jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
▫️xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik ko`mak mablag`lari (kredit, grant, beg`araz yordam va boshqalar).

Mablag`lar mahalladagi ichki yo`llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini ta`mirlash va tiklash uchun yo`naltiriladi.
 2023 yil 1 yanvargacha har bir mahallaning aniq chegaralari belgilanadi.

 

    Boshqa yangiliklar