Afg`onistonda chet ellik — AQShlik va Avstraliyalik professorlar o`g`irlab ketildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Nashrning ma`lumot berishicha, har ikki professor Afg`onistondagi Amerika universitetida ishlagan. Hozircha ularning nomi oshkor etilmagan. Professorlarning o`g`irlanganligini shahar polisiyasi boshlig`i Abdul Rahmon Rahimiy tasdiqlagan. Uning aytishicha, professorlarga qurol bilan tahdid qilinib, olib ketilgan.
“Amerika ovozi” ning bergan ma`lumotiga ko`ra, professorlarga milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining maxsus kiyimini kiygan noma`lum shaxslar hujum qilgan. Hozircha bu ma`lumot rasman tasdiqlanmagan.
AQSh davlat departamenti vakili ham bu faktni tasdiqladi, ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan batafsil ma`lumot berishni istamadi.
Ayni vaqtda Qobul polisiyasi yo`qolgan chet el fuqarolarini qidirib, tergov ishlarini boshlab yuborgan. Professorlarni o`g`irlashni hozircha hech qaysi tashkilot o`z bo`yniga olmagan. Bu jinoyatning ortida kim turganligi ham hozircha noma`lum.





