1

Namanganda Qur`oni Karimning noyob qo`lyozma nusxasini o`g`irlab ketgan shaxslar qo`lga olindi (video)

Jinoyat 19.08.2022, 10:45
Namanganda Qur`oni Karimning noyob qo`lyozma nusxasini o`g`irlab ketgan shaxslar qo`lga olindi (video)

Avval xabar qilganimizdek, 2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o`tar kechasi  soat 00:04larda noma`lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko`l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo`lgan “Qur`oni Karim” kitobining qo`lyozma nusxasini o`g`irlab, noma`lum tomonga yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida topilib, mazkur o`g`irlikni sodir etgan ikki nafar shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, qo`lga olinganlardan biri Chortoq tumani, ikkinchisi esa Namangan shahrida yashovchi fuqarolar bo`lgan. Kitob Namangan shahrining Navoiy ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylardagi xonadonlardan birida saqlab kelingan. Gumonlanuvchilar Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoqqa olingan. Hozirda oldinroq qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma`lumot uchun: Namangandagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida hajmi jihatdan O`zbekiston musulmonlari idorasidagi Qur`oni Usmoniydan keyin ikkinchi o`rinda turadigan Mushafning qo`lyozma nusxasi saqlanar edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1