1

"Djiplar jangi" O`zbekistonda “XV xalqaro off road festivali” o`tkazildi

Sport 20.08.2022, 10:44
"Djiplar jangi" O`zbekistonda “XV xalqaro off road festivali” o`tkazildi

Kecha, 19 avgust kuni Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “ShHTga a`zo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi va uning doirasidagi “XV xalqaro off road festivali” yakunlari bo`yicha matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.  

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi №31-31/1-1813-son bilan tasdiqlangan “ShHTga a`zo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi va uning doirasidagi “XV xalqaro off road festivalini yuqori saviyada o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish to`g`risida”gi 74-sonli bayoniga muvofiq, Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan “Pokatushki klub Uzbekistan” jamoasi tomonidan Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklar bilan hamkorlikda joriy yilning 10–20 avgust kunlari “ShHTga a`zo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi va uning doirasida “XV xalqaro off road festivali tashkil etildi. 

Ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun ShHTga a`zo davlatlardan Rossiya Federasiyasi, Belorussiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Mongoliya hamda MDHga a`zo davlatlaridan Ozarbayjan, Gruziya va Armaniston Respublikalaridan 800 ga yaqin ishtirokchilar (200 ga yaqin yo`l tanlamas avtomobillar va 10 dan ziyod mahalliy va xorijiy OAV vakillari va bloggerlar hamda 500 ga yaqin tadbir mehmonlari va tomoshabinlar) tashrifi amalga oshirilib, ishtiroki ta`minlandi. 

Tadbirda aytilishicha, loyiha doirasida:

  • 4R6-avtomobil yo`li bo`ylab (Chimyon-Bildirsoy-G`azalkent-Chorvoq-Yusupxona-Chimyon) avtomobillar paradi; 
  • “XV xalqaro off road festivali”gi bag`ishlangan anjuman; 
  • yo`l tanlamas avtomobillar o`rtasida bellashuvlar va turnirlar,;
  • “Djip trial” va “GPS yo`nalishi” bo`yicha musobaqalar, tadbir ishtirokchilari o`rtasida sport musobaqalari, “team building” mahorat darslari tashkil etildi. 

 

Shuningdek, joriy yilning 14-15 avgust kunlari mamlakat bo`ylab sayohat ekspedisiyalari hamda “ShHTga a`zo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi yuqori saviyada tashkil etildi. Avtosayohat loyihasiga 30 dan ziyod Rossiya Federasiyasi, Belorussiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Mongoliya Ozarbayjan va Gruziya davlatlari vakillari keng jalb etildi. Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat loyihasi doirasida loyiha ishtirokchilari Samarqand shahridagi Registon majmuasida tantanali kutib olindi, shu bilan birga, Registon majmuasidagi Ulug`bek madrasasida Samarqand viloyati hokimligi hamda Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi rahbariyati ishtirokida anjuman tashkil etilib, avtosayohat loyihasi ishtirokchilari tomonidan mazkur loyiha haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

Ma`lumot uchun, Xalqaro off-road festivali – djip turizm ixlosmandlari tashabbusi bilan 2006 yildan boshlab o`z faoliyatini boshladi va yillar davomida xalqaro maqomga ega bo`ldi. Shuningdek mazkur festival dunyoning turli o`lkalarida, xususan, MDXga a`zo davlatlarda tashkil etilgan. Mazkur festivallar Baykal, Baykalbo`yi, Xakassi, Oltoy tog`lari, Janubiy Ural, Qozog`iston, Qirg`iziston, Gruziya va Belorussiya Respublikalari hududlarida jami 14 marotaba tashkil etilgan. 2013 yil 24-25 avgust kunlari Qirg`iz Respublikasi Issiq ko`lda VIII-xalqaro off road festivali tashkil etilgan. Festivalda 100 ga yaqin yo`l tanlamas avtomobillar va 200 dan ziyod ekipaj a`zolari hamda 500 dan ziyod tadbir tomoshabinlarini jami 700 yaqin ishtirokchilarni o`z atrofida qamragan, mazkur festival tadbir ishtirokchilari va mehmonlari tomonidan yuqori baholangan. Ushbu yo`nalishdagi ishlarni davomli amalga oshirish maqsadida, 2021 yil oktyabr oyida Gruziyada bo`lib o`tgan off-road forumida ochiq ovoz berish yo`li bilan O`zbekiston 2022 yildagi festivalni o`tkazishga mezbonlik qilish mukofotini qo`lga kiritilgan. Mazkur festivalni mamlakatimizda o`tkazish maqsad O`zbekistonning mehmondo`stligini namoyish etish, boy va g`oyat xilma-xil turistik salohiyatga ega ekanligi, tog`lari, qir-adirlari, daryo va ko`llari, cho`li-biyobonlarini butun dunyoga tanitish, turizmning xilma-xilligini oshirishdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1