O`zbekiston so`nggi 30 yilda paxta etishtirish bo`yicha dunyo mamlakatlari orasida 5-8 o`rinda turadi.
1991-2002 yillar oralig`ida Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokistondan so`ng 5-o`rin, 2002-2010 yillarda Braziliya bilan raqobat hisobiga 5-6 o`rin, 2010 yildan so`ng esa Avstraliya, 2016 yildan Turkiya davlatlari ham asta sekin paxta etishtirish bo`yicha O`zbekistonni ortda qoldira boshlagan.
Mustaqillik yillari boshida yiliga 1,4 mln tonna paxta etishtira olgan O`zbekiston 2021 yilga kelib yiliga 0,7 mln tonnagacha paxta etishtiradigan bo`ldi.
Bloombergning yozishicha, ushbu yil ekstremal issiqlik va qurg`oqchilik tufayli jahon bozorida paxta narxi 30 foizga oshdi. Paxta etishtirish bo`yicha lider mamlakatlar Hindiston, Xitoy, AQSh va Braziliyada iqlim o`zgarishi sababli paxta etishtirish bilan bog`liq muammolar kuzatilmoqda.
Tahlilchilarning bahosiga ko`ra, kuchli qurg`oqchilik va jazirama to`lqinlari Braziliyada paxta hosildorligini qariyb 30 foizga, AQShda esa 28 foizga kamaytirgan.






