AsosiyDunyo

Suriya va Turkiya prezidentlari Samarqandda uchrashishi mumkin

'Suriya va Turkiya prezidentlari Samarqandda uchrashishi mumkin'ning rasmi

Suriya prezidenti Bashar al-Assad O`zbekistonda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu haqda "Al Mayadeen" xabar berdi.

Eron axborot agentliklarining ma`lum qilishicha, Turkiya va Suriya delegasiyalari o`rtasidagi uchrashuv Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining 2022 yilgi sammiti doirasida bo`lib o`tadi.

Erdo`g`on avvalroq Sochiga safari chog`ida Putin undan ShHT uchrashuvida ishtirok etishni so`raganini va buning ehtimoli mavjud ekanini ma`lum qilgandi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Assaddan ham ushbu sammitda ishtirok etishni so`ragan, bu orqali Suriya prezidenti va uning turkiyalik hamkasbi o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar