1

JSST kuz-qish mavsumida koronavirusning oldini olish bo`yicha o`z tavsiyalarini berdi

Salomatlik 22.08.2022, 12:19
JSST kuz-qish mavsumida koronavirusning oldini olish bo`yicha o`z tavsiyalarini berdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yaqinlashayotgan kuz-qish mavsumida koronavirusni yuqtirish holatlari yanada oshishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda

Shu bois mazkur davrda odamlarni COVID-19ning “omikron” shtammidan himoya qilish muhim. Buning uchun birlamchi samarali chora — emlanish qamrovini oshirishdan iborat. Qolaversa, jamoat joylarida tibbiy niqob taqishni rag`batlantirish katta natija beradi.

“Avvalo, immuniteti zaif bo`lgan qatlam buster-dozaning ikkinchi bosqichi bilan emlanishi lozim, — deyiladi JSST tavsiyasida. — Qolaversa, homilador ayollar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar, keksa yoshli insonlar va shifokorlar ham xavf guruhiga mansub”.

Tashkilotning ma`lum qilishicha, vaksinaning navbatdagi dozasini qabul qilganidan kamida 3 oy o`tgach, kasallikni qayta yuqtirish ehtimoli paydo bo`ladi.

Qolaversa, har qaysi mamlakatda epidemiologik vaziyat turlicha. Shunga qaramay, hukumatlar kasallikning oldini olish va uni jilovlash bo`yicha aniq sa`y-harakatlarni amalga oshirishlari zarur.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1