Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi Italiya chempioni – "Yuventus"dan yarim himoyachi Pol Pogbani sotib olganini rasmiy saytida ma`lum qildi.
Fransiyalik 23 yoshli futbolchi kecha mankunianlarning Karringtondagi bazasida tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi va 5 yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchining transferi uchun “qizil iblislar” 105 million evro to`ladi va bu Pogbani dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi.





