AsosiyDunyo

AQShda uch nafar bola atraksion charxpalagidan tushib ketdi

AQShda uch nafar bola atraksion charxpalagidan tushib ketdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea 8 avgust kuni kechqurun, Tennesi shtatidagi Grinvil shahridagi ko`ngilochar County Fair xiyobonida yuz berdi. Polisiya departamentining bergan ma`lumotiga ko`ra, charxpalak kabinalaridan biri to`nkarilib ketishi oqibatida kabina ichida bo`lgan uch bola 12 metr balandlikdan pastga qulagan.

Ikki bola vertolyotda, bir bola “Tez yordam” mashinasida mahalliy kasalxonaga etkazilgan. Ayni paytda bolalarning hushi o`ziga kelgan.

Hozircha hukumat kabinaning ag`darilib ketishiga nima sabab bo`lganligiga izohlamagan. Baxtsiz hodisadan keyin barcha mexanik attraksionlar yopilgan, yarmarkaning boshqa qismlari esa o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

Xiyobon ma`muriyati “bo`lib o`tgan voqeadan afsusdaligini” Facebook da ma`lum qilgan.

Boshqa yangiliklar