1

“Meros” filmi Pokistonda o`tkaziladigan kinofestivalda ishtirok etadi

Madaniyat 23.08.2022, 08:57
“Meros” filmi Pokistonda o`tkaziladigan kinofestivalda ishtirok etadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasigabinoan suratga olingan “Meros” filmi yana bir Xalqaro kinofestivalda ishtirok etadigan bo`ldi. Unga ko`ra, mazkur film joriy yilning 9-13 sentyabr kunlari Pokistonda o`tkaziladigan “Gandhra Independent Film Festival” (GIFF) xalqaro kinofestivalida qatnashadi.

Ma`lumot uchun, GIFF Pokistonning birinchi raqamli kinofestivali bo`lib, bir necha yillardan buyon o`tkazib kelinadi hamda dunyo bo`ylab qator to`liq va qisqa metrajli filmlar qabul qilinib, turli nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadi.

“Meros” filmi qozoq va o`zbek xalqlarining e`tiqod birligi, an`analari va ko`p asrlik do`stligi haqidahikoya qiladi. Ssenariy muallifi varejissyor Hilol Nasimov, postanovkachioperator Husan Aliev.

Shuni ham ta`kidlash joizki, film joriy yilning may oyida Rossiyada bo`lib o`tgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va o`zbek xalqlari o`rtasidagi an`ana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan. Shu bilan birga iyul oyida Hindistonda o`tkazilgan “Oltin tulpor”(“Golden Horse Film Festival”) Xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy film” va “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominasiyalari bo`yicha g`olib bo`lgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1