1

JSST: Barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar koronavirusga qarshi emlanishi zarur

Salomatlik 23.08.2022, 13:54
JSST: Barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar koronavirusga qarshi emlanishi zarur

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus kechagi bayonotida koronavirusning oldini olishga doir chora-tadbirlar xususida so`z yuritdi, deydi mamlakatimiz SSV matbuot xizmati.

Ta`kidlanishicha, bu insonlar hayotini saqlab qolish va barqaror rivojlanish jarayonini tiklashning eng yaxshi usuli. Tahlillarga ko`ra, joriy yil boshida 34 ta mamlakatda aholining koronavirusga qarshi ommaviy emlanish darajasi 10 foizdan kam bo`lgan. Hozirga kelib esa bunday davlatlar soni atigi 10 ta qolgan va ularning aksariyati turli gumanitar vaziyatlarga duch kelgan.  

Eslatib o`tamiz, JSSTning 22 avgust holati bo`yicha bergan ma`lumotiga ko`ra, pandemiya boshlanganidan buyon jami 593 million 269 ming nafardan ortiq kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ulardan qariyb 6 million 447 ming nafari kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1