1

Italiyada polisiyachilar yolg`izlikdan aziyat chekayotgan keksa er-xotinga ovqat pishirib berdi

Dunyo 09.08.2016, 14:51
Italiyada polisiyachilar yolg`izlikdan aziyat chekayotgan keksa er-xotinga ovqat pishirib berdi

Italiya poytaxti Rim shahri Appio-Latino tumanida joylashgan uyda yashovchi fuqarolardan biri polisiyaga qo`ng`iroq qilib,qo`shni uyda kimdir yig`layotganini ma`lum qilgan, deb yozadi “Tjournal” nashri. 

Aytilgan manzilga etib kelgan polisiyachilar bu erda hech qanday jinoyat alomatlarini ko`rmagan. To`rt nafar polisiyachilar aytilgan manzilda 84 yoshli Joli va uning 94 yoshli turmush o`rtog`i Mikele yashashini aniqlagan. Ma`lum bo`lishicha, keksa er-xotin televizorda noxush xabar va yangiliklarni ko`rib, tushkunlikka tushgan va yig`lay boshlagan.

70 yildan beri birga yashaydigan keksa juftlik so`nggi paytlarda o`zlarini o`ta yolg`iz his etayotgani, yaqinlari ta`tilda chet elga ketgani va televizor orqali o`ta noxush xabarlarni ko`rayotganini bildirgan. 

Polisiya keksalarni ko`rib qo`yishi uchun tez tibbiyo yordam chaqirgan. Tez yordam kelguniga qadar ofiserlardan biri Joli va Mikele uchun pishloqli va sariyog`li spagetti tayyorlab berdi. Yana uch nafar polisiyachi esa keksa juftlik bilan suhbatlashib o`tirgan. 

“Bu jinoyat emas. Joli va Mikele firibgar va o`g`rilarning qurboniga aylanmadi. Biroq, yolg`izlikdan aziyat chekkan ikki keksa kishini qutqarish bizga murakkab masala bo`ldi”, — deydi polisiyachilardan biri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1