AsosiySiyosat

"Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi" — Shavkat Mirziyoev

'"Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi" — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Xalqaro turizm markazining ochilishiga bag`ishlangan bayram tadbirida davlat rahbari Samarqandda investisiyaviy muhit yaratish bo`yicha sa`y-harakatlar o`z natijasini berganini ta`kidlab o`tdi.

"Bundan 3-4 yil oldin Samarqandga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar soni 500 ming nafardan oshmas edi. Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish bo`yicha islohotlarimiz, qulay investisiyaviy muhit yaratish bo`yicha sa`y-harakatlarimiz tufayli Samarqandga kelayotgan xorijiy turistlar soni 2 barobar ko`paydi.

Bu marrani yanada yuqori olish uchun barcha imkoniyatlar etarli. Xususan, kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy turistlar sonini 1,5 milliondan oshirish bo`yicha choralar ko`rilmoqda.

Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi. Bu kabi loyihalarni respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish bo`yicha ham rejalarimiz bor.  

Umuman olganda, ana shunday ishlarimiz tufayli kelgusi besh yilda mamlakatimizga keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 milliondan 9 millionga etkazamiz", - deydi Prezident.

    Boshqa yangiliklar