1

Britaniyalik olimlar maymunchechakka qarshi dorini odamlarda sinab ko`rishni boshladi

Salomatlik 24.08.2022, 15:00
Britaniyalik olimlar maymunchechakka qarshi dorini odamlarda sinab ko`rishni boshladi

Oksford universiteti olimlari Platinum deb nomlangan tadqiqot doirasida dastlab oddiy chechakni davolash uchun ishlab chiqilgan, biroq maymunchechakka qarshi samarali bo`lishi mumkin bo`lgan “Tekovirimat” preparatining odamlarda ilk sinovini boshlaydi.

Chechakni davolash uchun ishlab chiqilgan vaksina maymunchechak bilan kasallanish xavfini kamaytirishi mumkin bo`lsa-da, hozirda allaqachon kasal bo`lganlarning tiklanishini tezlashtiradigan, isbotlangan terapevtik vositalar mavjud emas. Platinum tadqiqoti dastlab chechakni davolash uchun ishlab chiqilgan virusga qarshi dori “Tekovirimat”ning samaradorligi va xavfsizligini tekshiradi.

Tpoxx nomi bilan ham tanilgan “Tekovirimat” virusning zararlangan hujayralardan chiqishiga to`sqinlik qiladi va tanaga tarqalishini to`xtatadi.

Jonivorlarda amalga oshirilgan dastlabki tadqiqotlardagi istiqbolli natijalar va odamlar-ko`ngilliklarning sog`lig`iga zarar etkazmasligi tasdiqlanganidan so`ng joriy yilning boshlarida dori-darmonlar va sog`liqni saqlash mahsulotlarini tartibga solish agentligi (MHRA) preparatga maymun chechagini davolash uchun lisenziya bergan edi.

Ayni paytda Troxx maymunchechakning og`ir asoratlari bo`lgan bemorlarni davolash uchun qo`llaniladi. Shu bilan birga, hozirgi kunga qadar preparat maymunchechak bilan og`rigan bemorlarga yordam bera oladimi yoki yo`qligini tasdiqlash uchun hech qanday klinik sinovlar o`tkazilmagan.

“Tekovirimat bo`yicha dastlabki ma`lumotlar istiqbolli bo`lsa-da, faqat randomizasiyalangan klinik sinov bemorlarni ishonchli davolash uchun zarur bo`lgan dalillar darajasini ta`minlaydi. Platinum bu dalilni taqdim etadi”, dedi tadqiqot hamraisi, Oksford universiteti professori ser Piter Xorbi.

Platinum tadqiqoti uchun ishtirokchilar tasodifiy tarzda tanlanadi.  Ular  kuniga ikki marta 600 milligramm “Tekovirimat”ning 14 kunlik kursi yoki mos keladigan plasebo qabul qilishi kerak bo`ladi.

Tadqiqotchilar yangi tadqiqotda 500 kishi qatnashishi va natijalar Rojdestvoga qadar tayyor bo`lishiga umid qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1