AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlayotgan o`zbeklarning muammolarini hal etishda xorijiy huquqshunoslar bilan hamkorlik qilinmoqda

'Rossiyada ishlayotgan o`zbeklarning muammolarini hal etishda xorijiy huquqshunoslar bilan hamkorlik qilinmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari vakillari Rossiya Federasiyasi hududidagi O`zbekiston fuqarolarini mehnat huquqlarini qonuniy himoya qilishi mumkin bo`lgan huquqshunoslari bilan muzokaralar o`tkazib, hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakili bilan mazkur hududda faoliyat olib borayotgan malakali huquqshunos A.Antyuxin bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimizning mehnat munosabatlaridagi muammolarini bartaraf etish, xususan, mehnat shartnomasi qoidalarini buzilishi, ish haqini va kompensasiyalar undirish kabi huquqlarni o`zaro hamkorlik asosida himoya qilish masalalari muhokama etildi.

    Boshqa yangiliklar