Buxoroda sentyabr oyida kino kunlari bo`lib o`tadi. Jumladan:
16 sentyabr soat 17.30 da Buxoro shahar "Buxoro" kinoteatrida rossiyalik kino yulduzlari ishtirokida Rossiya kino kunlari;
17 sentyabr soat 17.30 Buxoro shahar "Buxoro" kinoteatrida Ozarbayjon kino kunlarining ochilishi Ozarbayjon va mahalliy kino yulduzlari ishtirokida;
Xuddi shu kunlari:
Soat 17.30 da Buxoro shahridagi "Ark sinema" kinozalida (Buxoro savdo majmuasida joylashgan) Misr Arab kino kunlari bo`lib o`tadi.
Shuningdek, 13-17 sentyabr kunlari viloyat bo`yicha barcha shahar va tumanlarda bir qator kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar va kino namoyishlar rejalashtirilgan.






