Numbeo tahliliy xizmati o`rtacha "sof" ish haqi bo`yicha davlatlar reytingini e`lon qildi. O`zbekiston reytingda 106 o`rindan 96-o`rinni egalladi.
O`zbekistonda ish haqi Mustaqil davlatlar hamdo`stligi davlatlari orasida eng past ko`rsatkich bo`lib, 278,7 dollarni (3 million 38 ming so`m) qayd etgan. MDH davlatlari orasida Rossiya etakchilik qilib, 846 dollar bilan 47-o`rinni egallagan. Belarus 481 dollar bilan 72-o`rin, Qozog`iston esa 419 dollar bilan 77-o`rinni qayd etgan.
Kuchli o`ntalikdan quyidagi davaltlar o`rin egallagan
1. Shvesariya — 5988, 76 dollar
2. Singapur — 4247,77 dollar
3. Avstraliya — 4143,38 dollar
4. AQSh — 3738,98 dollar
5. BAA — 3681,95 dollar
6. Norvegiya — 3433,85 dollar
7. Kanada — 3301,98 dollar
8. Qatar — 3251,37 dollar
9. Daniya — 3214,18 dollar
10. Islandiya — 3193,68 dollar.