AsosiyDunyo

58 davlat Rossiyaga qarshi chiqdi

'58 davlat Rossiyaga qarshi chiqdi'ning rasmi

Kecha, 24 avgust kuni Ukrainadagi mojaro bo`yicha e`lon qilingan Rossiyaga qarshi qo`shma bayonotni BMTning 58 davlati qo`llab-quvvatlagan. Bu BMTga a`zo davlatlar umumiy sonining uchdan biridan kam. Bu haqda “TASS” nashri xabar bermoqda.

Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislisa hujjat matnini BMT shtab-kvartirasida jurnalistlarga o`qib berib, bayonotni qo`llab-quvvatlagan davlatlar ro`yxatini keltirgan. Hujjatda Rossiya xatti-harakatlari tanqid qilinib, harbiy harakatlarni zudlik bilan to`xtatishga chaqirilgan.

Bayonotni qo`llab-quvvatlaganlar orasida Evropa Ittifoqi davlatlari, AQSh, Buyuk Britaniya, Gruziya, Turkiya, Shveysariya, shuningdek, Osiyo va Lotin Amerikasining bir qancha davlatlari bor.

Ma`lumot o`rnida, BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlarini to`xtatishga chaqiruvchi rezolyusiya loyihasini ishlab chiqqan. Ovoz berish natijalariga ko`ra, Xavfsizlik Kengashiga a`zo 11 davlat hujjatning qabul qilinishini qo`llab-quvvatlagan, bir nafari qarshi chiqqan, yana uch davlat, jumladan, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan. Rossiya esa rezolyusiyaga veto qo`yib, uni hech qachon qabul qilmagan.

    Boshqa yangiliklar