AsosiyDunyo
4636

Iroqdagi tug`ruqxonada yuz bergan yong`inda 11 nafar chaqaloq halok bo`ldi

Iroqning Bog`dod shahrida joylashgan tug`ruqxonalardan birida yong`in yuz berdi. Oqibatda kamida 11 nafar chaqaloq halok bo`ldi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru” 

29 nafar ayol va 7 nafar yangi tug`ilgan chaqaloqlar boshqa tibbiyot muassasalariga o`tkazilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, 10 avgust, chorshanba kuni erta tongda “Al-Yarmuq” shifoxonasining ayollar bo`limida yong`in chiqqan. Fuqaro mudofaasi kuchlari yong`inni bartaraf qilgan. 

Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Ahmad Ar-Radinining aytishicha, yong`in elektr o`tkazgichning nosozligi oqibatida kelib chiqqan.

Boshqa yangiliklar