AsosiyDunyo

Stoltenberg Shvesiya va Finlyandiyaning NATOdagi o`rnini tushuntirdi

'Stoltenberg Shvesiya va Finlyandiyaning NATOdagi o`rnini tushuntirdi'ning rasmi

Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi alyansning shimoldagi mavqeini mustahkamlaydi. Bu haqda Zamon.uz  Tass.ru`ga tayanib ma`lum qildi. 

Ma`lumki, ikki davlatning iyun oyida alyansga a`zolik arizasi qabul qilingandi.

“Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishi bilan Arktika atrofidagi 8 davlatning ettitasi alyans a`zosiga aylanadi. Ularning a`zoligi bizning shimoldagi pozisiyalarimizni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, Boltiq dengizidagi ittifoqchilarimizni kuchaytiradi”, – degan NATO bosh kotibi Yens Stoltengberg.

Ma`lumot o`rnida: 2022 yil iyun oyida Shvesiya va Finlyandiya NATOga a`zo bo`lish istagini bildirdi. Alyansning Madriddagi sammitida ishtirokchi davlatlar bu qarorni qo`llab-quvvatlagan. Shu bilan birga Turkiya ushbu ikki davlatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo`shilishi jarayonini sekinlashtirib turibdi. Bunda kurdlar masalasidagi kelishmovchiliklar sabab bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar