1

Mashhur davlat va din arbobi haqida film yaratilmoqda

Madaniyat 25.08.2022, 18:01
Mashhur davlat va din arbobi haqida film yaratilmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan davlat va din arbobi, ulamo Sayyid Ajal Shamsuddin Umar Kamoliddin al–Buxoriy hayoti va faoliyati haqida hujjatli film ishlanmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur filmda o`rta asrlarda Xitoyga hijrat qilgan va u erda islom dinining tarqalishiga katta hissa qo`shgan Sayyid Ajalning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, uning madrasa va masjidlar, mehribonlik uylari qurilishiga bosh-qosh bo`lgani haqida so`z boradi. Filmda Sayyid Ajalning Xitoyda islomni targ`ib qilishga oid harakatlari ham manbalar asosida ochib berilgan.

Ssenariy mualliflari Madina Yo`ldosheva va Husan Rashidov, rejissyor Husan Rashidov hamda Ilhom Magomedibragimov, Operator Muzaffar Yusupov, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1