AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida er bog`cha bolalari ko`z o`ngida xotinini bo`g`ib, kaltakladi (video)

'Toshkent viloyatida er bog`cha bolalari ko`z o`ngida xotinini bo`g`ib, kaltakladi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida erkak xotinini bog`cha bolalari ko`z o`ngida kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.

Qayd etilishicha, er rashk sabab xotini ishlaydigan xususiy bog`chaga brib, janjal ko`targan va bolalar ko`z o`ngida ayolini bo`g`ib, kaltaklagan.

Tasvirda bolalar voqeadan qo`rqib ketib yig`laganini ko`rish mumkin.

Toshkent shahar IIBB Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

"Natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar