Ukraina rekord darajadagi gaz narxi sharoitida o`z tarixidagi eng yomon qishni boshdan kechiradi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma`lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Zelenskiy Evropa birjalarida gazning ming kub metri uchun 3,3 ming dollardan oshib ketganiga e`tibor qaratdi. Uning ishontirishicha, Ukraina hukumati isitish mavsumiga tayyorgarlik ko`rmoqda, biroq tabiiy gaz narxlari bilan bog`liq vaziyat ancha xavfli bo`lib qolmoqda.
“Bu yilgi qishdagi davr - haqiqatan ham tariximizdagi eng qiyin davr bo`ladi”, — dedi Zelenskiy.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko Kiev elektr ta`minotidagi uzilishlarga hozirlik ko`rishi kerakligini aytgan edi. Shahardagi mazut zaxiralari qisqa muddatga etadi. Shuningdek, shahar meri Kiev aholisiga ko`rpa-to`shak va issiq kiyimlarni yig`ishni tavsiya qildi, chunki turar-joy binolarida havo harorati me`yordan past bo`lishi mumkin.
Xuddi shunday vaziyat Lvovda ham rivojlanishi mumkin. Shahar meri Andrey Sadovoy avvalroq aholini binolarni isitish uchun o`tin sotib olishga chaqirgan edi.






