1

Amerikalik kelinni mehrob oldiga otasining yuragi ko`chirib o`tkazilgan odam etaklab bordi

Dunyo 10.08.2016, 15:44
Teglar: Ayol, To`y, Ota
Amerikalik kelinni mehrob oldiga otasining yuragi ko`chirib o`tkazilgan odam etaklab bordi

Turmushga chiqayotgan amerikalik Jeni Stepienni (Jeni Stepien) nikoh marosimi kuni mehrob oldiga vafot etgan otasining yuragi ko`chirib o`tkazilgan Artur Tomas (Arthur Thomas) ismli erkak boshlab bordi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

2006 yilda restoranda ishlovchi 53 yoshli Maykl Stepien kechasi ishdan qaytayotganda, 16 yoshli bola hujum qilib, uning bor-budini tortib olmoqchi bo`ladi. O`rtada bo`lgan olishuvdan keyin o`smir erkakning yuziga qarata o`q uzadi.

Stepien og`ir ahvolda kasalxonaga keltiriladi. Qutqarishning iloji yo`qligi ma`lum bo`lgach, qarindoshlari uning tana a`zosini donorlik dasturi bo`yicha topshirishga qaror qilishadi.

Jinoyatchi 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi, Stepienning yuragi esa Nyu-Jersilik Artur Tomasga nasib etadi. Voqeadan 16 yil ilgari Artur Tomasga ventrikulyar taxikardiya tashxisi qo`yilgan edi. Surunkali yurak etishmovchiligidan aziyat chekkan Tomasga donor yurak topilgani haqida xabar yuborilganda, u o`limni bo`yniga olib bo`lgandi. 

Stepienning yuragi topshirilgan donorlik markazi yurak ko`chirib o`tkazilgan odam bilan ularning muloqot qilishiga qarshilik ko`rsatmagan. Shuning uchun ham Jeni otasining yuragi ko`chirib o`tkazilgan Artur Tomas bilan elektron pochta orqali xat yozishib turgan.

33 yoshli Jeni 34 yoshli Pol Menner (Paul Maenner) bilan nikohdan o`tayotganda, hech qachon ko`rishmagan, otasining yuragi ko`chirib o`tkazilgan Artur Tomas uni mehrobga eltishini niyat qilgan. Tomas ham o`z navbatida qizining ruxsati bilan uning taklifiga rozilik bergan.

Nikoh marosimi 5 avgust kuni jinoyat sodir etilib, Jenining otasi o`q egan joydan bir necha kvartal narida joylashgan Siussveyl shahar cherkovida bo`lib o`tgan. Ko`chirilgan yurak orqali tanishib, birlashgan ikki oila har qanday sharoitda ham bir-birini qo`llab-quvvatlashga, aloqani uzmaslikka va`dalashgan. 

Bu voqea AQSh da katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Nikoh marosimida ABC News telekanalining s`yomkachilar guruhi ham ishtirok etgan.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1