AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi 1 dekabrdan hujjatlarni rasmiylashtirishda qo`shimcha haq evaziga uyga chaqirish orqali xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yadi

'Ichki ishlar vazirligi 1 dekabrdan hujjatlarni rasmiylashtirishda qo`shimcha haq evaziga uyga chaqirish orqali xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

Aholiga ko`rsatiladigan davlat xizmatlarining shaffofligini ta`minlash, soddalashtirish, fuqarolarning sarsongarchiligini oldini olish, shuningdek, muhtoj qatlamni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi .

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov xabar qilmoqda. 

Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi shu yilning 1 dekabridan ID-karta, xorijga chiqish pasporti, avtomobilni ro`yxatga olish hamda davlat raqami belgilarini olish bo`yicha davlat xizmatini qo`shimcha haq evaziga uyga chaqirish orqali ko`rsatishni yo`lga qo`ymoqchi. 

Ma`lum qilinishicha, bunday xizmat “Call-center” yoki maxsus mobil dastur orqali chaqiriladi hamda planshet yoki kompyuterga o`rnatilgan texnik qurilmalar yordamida xizmat ko`rsatuvchi xodim keladi. Tayyor hujjat yoki davlat belgilari fuqarolar xohishiga ko`ra pochta orqali yoki qo`shimcha haq evaziga uyiga etkazib beriladi.  

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali ko`rsatilgan xizmat uchun qo`shimcha to`lov undirilmagan holda ko`rsatiladi

Bu xizmatlarni yo`lga qo`yish uchun pasport stolga 27 ta “Spark”, 27 ta planshet va yoki kompyuterga o`rnatilgan texnik qurilmalari, Yo`l harakati xavfsizligi xizmatiga esa 100 ta “Wolksvagen Caddy”, 135 ta planshet xarid qilinadi. Shtat birliklari qayta ko`rib chiqiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari jamg`armalar mablag`laridan foydalaniladi. Shuningdek, ushbu xizmat uchun 135 ta qo`shimcha shtat birligi ajratiladi. 

Boshqa yangiliklar