AsosiyDunyo

Mo`g`ulistonning O`tuken hududidan Ilterish Qutlug` Xoqonga tegishli bitik topildi

'Mo`g`ulistonning O`tuken hududidan Ilterish Qutlug` Xoqonga tegishli bitik topildi'ning rasmi

Mo`g`ulistonning O`tuken hududidan Kultegin va Bilga Xoqonlarning otasi, Go`kturk II davlatining asoschisi Ilterish Qutlug` Xoqonga tegishli bitik topildi.

Bitikda "Tangri", "Turk", "Qutlug`", "Tuman" yozuvlari mavjud. Ushbu topilma bilan ilk marotaba "Turk" nomi tilga olingan deb taxmin qilingan O`rxun yodgorliklaridan ham eski turk yodgorligi topildi.

Xalqaro Turkiy Akademiya va Mo`g`uliston Arxeologiya Instituti, Mo`g`ulistonning O`tuken viloyatidagi Nomgon tekisligida topilgan yozuvlarning Ikkinchi Go`kturk davlatining asoschisi, Kultekin va Bilga Xoqonning otasi Ilterish Qutlug` Xoqonga tegishli ekanligini ma`lum qildi.

QO`RG`ONDAGI XAZINA

Xalqaro Turkiy Akademiya va Mo`g`uliston arxeologiya instituti olimlari Nomgon tekisligida 2016 yilda tadqiqot ishlarini boshlagan. Viloyat Ikkinchi Go`kturk davlatining asoschisi Ilterish Qutlug` Xoqonning barcha turk qabilalarini to`plagan joy ekanligiga ishonilgan. Dastlab, 19 turk qabilasining tamg`alari o`yib yozilgan bitik toshi topildi. Shundan so`ng, ko`p miqdorda haykalchalar va qo`lida qadah tutgan turk afandilariga xos haykal topildi. Pandemiya tufayli to`xtab qolgan va 2022 yil iyul oyida qayta boshlangan qidiruv ishlarida, taxminan, 250 kvadrat metrlik chuqurlikda qazish ishlari olib borilgach, ulkan majmua topildi.

TO`RT SO`ZNI O`QIShGA ERIShILDI

Majmuada ibodatxona ekani aniqlangan hududda ikki tomonida turkiy, bir tomonida so`g`d yozuvi bo`lgan tosh va toshbaqa shaklidagi poydevori topildi. Olimlar tosh ustidagi matndan «Xudo», «Turk», «Qutlug`», «Tuman» kabi bir qancha so`zlarni aniqladilar. Bitiktosh   Go`kturk II xonligini qayta tiklagan Kultegin va Bilga xoqonning otasi Ilterish Qutlug` xoqon nomiga o`rnatilgan degan xulosaga keldi. Ushbu topilma bilan birinchi marta «Turk» nomi tilga olingan deb taxmin qilingan O`rxun yodgorliklaridan ham eski turk yodgorligi topildi.

YuNESKOGA TATBIQ ETILADI

Turk Akademiyasi Rahbari Darhan Kidirali ikki tomonida 12 satr eski turk yozuvi, uchinchi tomonida esa qadimgi so`g`d yozuvi bo`lgan yodgorlikda «Tangri», «Turk», «Qutlug`» va «Tuman» so`zlarini o`qiganliklarini bildirdi.           

Kidirali: “O`rxun bitiklari juda muhim, lekin bu bitik ham katta ahamiyatga ega. Bu bizning yozuv tariximizni yanada uzoqqa olib boradi. Qolaversa, turk so`zi ilk bor turk olimlari tomonidan kashf etilgan. Biz buni (kashfiyotni) akademiyamizga a`zo mamlakatlarda ilmiy targ`ib qilamiz. Uni YuNESKOda ham tatbiq etishni rejalashtirganmiz. Bu barchamizning tariximizga mazmun olib keluvchi umumiy va qimmatli ixtirodir”, - deydi, «Hurriyat» gazetasiga bergan intervyusida.

    Boshqa yangiliklar