Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati, 1985 y.t. shaxs o`zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorga MChJda o`tkazilgan kameral Ctekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan moliyaviy jarima qo`llamaslik evaziga 23 ming AQSh dollari talab qilib, mazkur pul mablag`ini olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug`bek tumanidagi advokatlik firmalaridan birining advokati fuqarodan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtda ushlandi.
Ma`lum bo`lishicha, advokat guyoki mansabdor tanishlarining imkoniyati orqali fuqaroning turmush o`rtog`iga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa engil turdagi jazoga o`zgartirib berish evaziga 9 ming AQSh dollari hamda fuqaroga muqaddam yuridik xizmatlarni ko`rsatganligi uchun advokatlik to`lovlarini amalga oshirgan bo`lishiga qaramasdan, sudga harajat qilganligini ro`kach qilib, ta`magirlik yo`li bilan qo`shimcha 3 ming AQSh dollari talab qiladi.
Samarqand shahridagi advokatlik firmasi advokati sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroning Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazoni o`tayotgan turmush o`rtog`iga nisbatan boshqa engilroq jazoga almashtirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 10 ming AQSh dollari berishni talab qiladi.
DXX tomonidan IJQK departamenti hamkorligida Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda advokat so`ralgan pul mablag`ini olgan vaqtida qo`lga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.