AsosiyJamiyat

Endi avtomobilga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notariusga borish shart bo`lmaydi

'Endi avtomobilga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notariusga borish shart bo`lmaydi'ning rasmi

2022 yil 1 sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalar my.gov.uz portali orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi. 6 oygacha muddatga beriladigan elektron ishonchnomalar uchun davlat boji keskin kamayadi. Yuridik shaxslar haydovchilarining har 2 yilda majburiy malaka oshirishi tartibi bekor qilindi.

Avtomobil boshqarishda qo`shimcha qulayliklar yaratishga oid prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, 2022 yil 1 sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo`lga qo`yiladi.

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat boji (BHMning 3 baravari – 900 ming so`m)ga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

  • bir oygacha bo`lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so`m);
  • olti oygacha bo`lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so`m);
  • uch yilgacha bo`lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so`m).

Yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 sentyabrdan fuqarolar va yo`lovchi tashish lisenziyasiga ega yuridik shaxslar o`rtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi. Bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.

Avvalroq xabar qilinganidek, mazkur qaror bilan 1 sentyabrdan boshlab taksichilar o`zini o`zi band qilgan shaxslar toifasiga kiritildi.

    Boshqa yangiliklar