AsosiyDunyo

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Afg`onistonda vaziyat og`irlashdi — BMT

'“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Afg`onistonda vaziyat og`irlashdi — BMT'ning rasmi

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Afg`onistondagi umumiy vaziyat og`irlashdi. Bu haqda BMTning Afg`onistondagi gumanitar masalalar bo`yicha koordinatori Ramiz Alakbarov ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Uning so`zlariga ko`ra, eng avvalo mamlakat iqtisodiyoti og`ir ahvolga tushgan. Xususan, mamlakatda bank tizimi faoliyati yo`lga qo`yilmagani qayd etilgan. Iqtisodiy faoliyatning sustligi gumanitar sektorga bosim bo`lib tushmoqda.

Bundan tashqari, tashqi yordam hajmi kamaygani aytilgan.

“Hammasi izdan chiqdi. Oqibatda pasayish kuzatilmoqda”, – degan Alakbarov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.

BMT koordinatori avvalgi hukumat davrida davlat byudjeti 13.5 milliard dollar bo`lganini, ammo hozirda 3 milliardni tashkil etayotganini ta`kidlagan.

Avvalroq “Tolibon” 23 million saytni bloklab qo`ygani to`g`risida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar