Laosdagi provinsiya nomi bilan ataladigan “Hinnamnor” to`foni Tinch okeanida paydo bo`ldi va Yaponiya tomon yopirilgan. Bu haqda Zamon sayti xabar berdi.
Yaponiyada to`fonga 11 raqami berildi. U soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanmoqda va chorshanba kuni janubiy Kyusyu oroliga borib urilishi mumkin. Shu bilan birga, dushanba kuni kechqurun u Ogasavara arxipelagiga juda yaqinlashishi mumkin. Ayni paytda to`fon markazida bosim 985 gektopaskal, markazda tezligi sekundiga 30 metr, shamolda sekundiga 40 metrgacha etadi.
Sinoptiklarning ogohlantirishicha, to`fonnning ta`siri janubi-g`arbdan shimoli-g`arbgacha bo`lgan keng hududga ta`sir qiladi, bu erda chorshanba va payshanba kunlari kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.






