1

Putin Ukraina hukumatini terrorchilikda aybladi

Dunyo 11.08.2016, 10:12
Teglar: Vladimir Putin
Putin Ukraina hukumatini terrorchilikda aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldi olingani haqidagi ma`lumotga izoh berar ekan, “Ukraina endi terrorchilik yo`liga o`tmoqda”, dedi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

“Kievda hukumatni qo`lga olgan odamlar murosaga kelish, tinchlik o`rnatish  o`rniga terrorchilik yo`liga o`tib oldi. Biz bunday ishlarga ko`z yuma olmaymiz”, dedi Vladimir Putin.

Vladimir Putin shu bilan birga Ukraina harbiylarining Qrimda qo`poruvchilik harakatlarini rejalashtirganliklarini “axmoqona va jinoiy harakat” deb baholadi. Uning fikricha, bunday jinoiy harakatni bajarishdan maqsad Ukraina xalqi mushkul vaziyatda bo`lganligi sababli ularning diqqatini chalg`itish uchun o`ylab topilgan.

Putin AQSh va Evropani “o`z mijoziga nisbatan bosim o`tkazish”ga chaqirdi. 2014 yilning fevral oyida bo`lib o`tgan davlat to`ntarishi vaqtida Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G`arb mamlakatlarini Ukrainaning ichki ishlariga aralashmaslikka da`vat qilgan edi.

Sharhlar

Ramzan Qodirov Checheniston rahbari sayloviga yana o`z nomzodini ko`rsatdi

07.07.2021, 09:01

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mintaqa rahbari sayloviga yangi muddatga o`z nomzodini ilgari surdi. Bu haqda TASS respublika saylov komissiyasiga tayanib xabar berdi, deya yozmoqda "lenta.ru"Checheniston...
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin G`alabaning 76 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabrikladi

07.05.2021, 17:33

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 may kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdiSuhbat...
Putin jinoiy ishlarga jalb qilingan shaxslarga noqonuniy ta`sir ko`rsatishi to`g`risidagi ma`lumotlarni tekshirishni buyurdi

01.02.2021, 14:36

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bosh prokuraturaga jinoiy ishlarga jalb qilingan shaxslarga noqonuniy ta`sir o`tkazish to`g`risidagi ma`lumotlarni tekshirishni buyurdi. Bu haqda tass.ru xabar berdi.Kreml rasmiy veb-saytining...
Jozef Bayden va Putin telefon orqali suhbatlashdi

27.01.2021, 14:38

Vladimir Putin Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden bilan telefon orqali suhbatlashdi. 2021 yil 26 yanvarkuniVladimir Putin Jozef Baydenni AQSh Prezidenti lavozimidagi ishi bilan tabrikladi. Uning...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1