1

Lola Moskvadagi konserti uchun 120 metr matodan ko`ylak tiktirdi(Foto va Video)

Shou-biznes 11.08.2016, 11:12
Teglar: Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva
Lola Moskvadagi konserti uchun 120 metr matodan ko`ylak tiktirdi(Foto va Video)

Xonanda Lola Rossiyaning Moskva shahrida 7 avgust kuni yakkaxon konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor.

Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali konsert dasturidan foto va videolarni joylashtirib, muxlislarni konsert haqidagi qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishtirib bormoqda. Ana ushlardan biri Lola uchun yaratilgan liboslar haqida. Xonanda Moskvadagi konsertida kiygan to`q qizil rangdagi ko`ylak uchun 120 metr mato ishlatildi. Bu haqda Lolaning o`zi shunday deydi: 

“Bu ko`ylak uchun 120 metr mato ishlatildi. Shleyfning butun uzunligi bo`ylab joylashgan burmalar esa qo`lda tikib chiqildi. Ko`ylak korseti esa shoyi ipli bezaklar va tuyaqush pati bilan tikildi. Nokamtarligim uchun uzr so`rayman, ammo bunday san`at asari bilan maqtanmaslikning o`zi gunoh. Bu san`at asari Toshkent shahrida yaratilganligi bilan faxrlanaman. Betakror Zulfiya Sulton meni ilhomlantirish va hayratlantirishda davom etmoqda!”.

Sharhlar

Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida

13.03.2018, 16:48

8 mart kuni taniqli o`zbek qo`shiqchisi Lola Yo`ldosheva uzoq tanaffusdan so`ng Moskvada katta konsert bergani haqida xabar bergan edik. Konsertdan avval "Sputnik" nashri muxbiri go`zal...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1