1

Egasidan qochib ketgan 6 metrli bo`g`ma ilon uyning tomi tagidan topildi

Dunyo 11.08.2016, 12:25
Egasidan qochib ketgan 6 metrli bo`g`ma ilon uyning tomi tagidan topildi

Moskva shahrining Vnukovo tumanida 9 avgust kuni yo`qolgan albinos-bo`g`ma ilon ikki qavatli uyning tomidan topildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Bu haqda 10 avgust kuni “Korona” sirk-shapitosi ma`muri Pavel Stryukov “Moskva” agentligiga xabar bergan. 6 metrli bo`g`ma ilon aynan unga tegishli bo`lgan. Stryukov doimo bo`g`ma ilonni o`zi bilan olib yurgan, ammo ilon qochib ketishga muvaffaq bo`lgan. Qidiruvlardan keyin u Vnukovo tumanidagi Tolstopalsevo posyolkasida joylashgan aholi yashaydigan uylarning birining tomidan topilgan. Qochoqni u erdan olib tushish uchun tomni buzishga to`g`ri kelgan.

Pavel Stryukovning ma`lumot berishicha, bo`g`ma ilon ayni vaqtda Podolsk shahrida bo`lgan sirk-shapitodan emas, uydan, kemiruvchilar bilan oziqlantirilayotganda qochib ketgan. Kalamushlar ilon turgan qutini kemirib tashlagani tufayli, u hosil bo`lgan teshikdan qochib ketgan.

“Kelajakda bunday voqealarning oldini olish uchun uni Voronejga, uyimga qaytarib olib ketishimga to`g`ri keladi. Chunki uyda unga yaxshi qarash imkoniyati mavjud”, dedi sirk ma`muri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1