AsosiyDunyo

Mixail Gorbachyov 91 yoshida vafot etdi

'Mixail Gorbachyov 91 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS) markaziy qo`mitasining so`nggi bosh kotibi va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbachyov 91 yoshida vafot etdi.

OAV Gorbachyov «og`ir va uzoq davom etgan kasallikdan keyin» vafot etganini xabar qildi. Ularga ko`ra, Gorbachyov o`limidan sal avval kasalxonaga gemodializ uchun kelgan.

So`nggi yillarda Gorbachyov buyrak kasalligidan aziyat chekayotgan edi. Xususan, siyosatchi bir necha yil davomida gemodializdan o`tgani haqida ma`lumotlar bor.

Siyosatchi Moskvadagi Novodevichie qabristonida rafiqasi Raisa Gorbachyova yoniga dafn etiladi. Dafn marosimining sanasi hali belgilanmagan.

Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda hozirgi Stavropol o`lkasi hududida tug`ilgan. Moskva davlat universitetining yuridik fakultetini qizil diplom bilan tamomlagan.

    Boshqa yangiliklar