1

Qazg`oqdan xalos bo`lishning sinalgan 7 usuli

Salomatlik 11.08.2016, 16:01
Qazg`oqdan xalos bo`lishning sinalgan 7 usuli

Tasavvur qiling: muhim uchrashuvga shoshilyapsiz, toza va chiroyli kiyim, ajoyib atir isi. Ko`zguga yaqinlashib sochingizni to`g`irlayman deganingizda sochlaringiz orasidan elkangizga to`kilgan qazg`oq kayfiyatingizni buzadi, deb yozadi “Maslahatim.uz”.

Qazg`oq — kishilar dunyo bo`ylab eng ko`p duch keladigan kosmetik muammodir. Qazg`oqning sababi tanamizdagi biron ichki faoliyatning buzilishidandir. Shuday ekan avval uning kelib chiqish sababini aniqlab, o`sha sababni davolagan ma`qul.

Quyida siz uchun qazg`oqqa qarshi sinalgan 7ta reseptni keltirdik:

1. Qatiq va murch.
  Qazg`oqning paydo bo`lishiga har bir inson tanasida mavjud bo`lgan zamburug` va bakteriyalar sabab bo`lishi mumkin. Oddiy holatda ular bizga zarar etkazmaydi, biroq turli sabablar bilan immunitet pasayganda ular o`z kuchuni ko`rsata boshlaydi. Shunday ekan ko`proq qatiq iching.
  Yana, qatiq yordamida bosh terisini namlantirish mumkin. Qatiqqa murch qo`shsak namlantiruvchi va zamburug`larga qarshi vosita hosil bo`ladi.
  Resept: 150gr qatiq va 2 osh qoshiq maydalangan murchni aralashtiramiz va bosh terisiga surtamiz. 50-60 daqiqadan so`ng yuvib tashlaymiz.

  2. Zaytun yog`i.
  Zaytun yogi bosh terisi uchun ajoyib namlantiruvchi vositadir. Iliq zaytun yog`ini kechqurun bosh terisiga surtamiz va maxsus qalpoqcha kiyib olmaiz. Ertasiga ertalab yuvib tashlaymiz.

  3. Sirka.
  Sirka zamburug` va zararli bakteriyalarni o`ldiradi. Bundan tashqari u qichishishni ham yo`qotadi.
  Resept: uqalovhchi harakatlar bilan suv qo`shilgan sirkani bosh terisiga surtamiz. 30-40 daqiqadan so`ng shampun bilan yuvib tashlaymiz.

  4. Istemol sodasi.
  Qazg`oqni engish uchun zamburug`larga qarshi vosita — sodadan foydalanish mumkin. Uning mayda strukturasi sochlarngizga ilakishib qolgan qazg`oq parchalarini yuvib tushadi.
  Resept: bir oz shampunga 1 osh qoshiq soda qo`shib sochlaringizni odatdagidek yuvib tashlaysiz. Shu bilan birga soda bosh terisini o`lik hujayralardan xalos etib, normal yog` balansini tiklashga yordam beradi.

  5. Limon sharbati.
  Qazg`oqqa yana bir sabab — bosh terisida kislota muhitining buzilishidir. Limon sharbati esa normal kislota muhitini tiklaydi.
  Resept: 1osh qoshiq limon sharbatiga 5 osh qoshiq istalgan shifobaxsh yog`(bodom, zaytun, kokos) qo`shib, bosh terisiga surtiladi. 30daqiqadan so`ng yuvib tashlanadi.

  6. Xina.
  Ma`lumki xina — bir qancha soch kasalliklariga davo sanaladi. Aytib o`tish joizki, xina kasallikning ilk davrlarida foyda beradi. 
  Resept: idishda 1 choy qoshiqdan xina, quruq choy, limon sharbati va istalgan shifobaxsh yog` solib aralashtiriladi. Bosh terisiga surtib, 1 soatdan keyin shampun bilan yuvib tashlanadi. Agar sochlaringiz rangi o`zgarishini istamasangiz rangsiz xinadan foydalanishingiz mumkin.

  7. Rayhon barglari.
  Rayhondan bir necha asrlardan beri shifobaxsh o`simlik sifatida foydalanib kelinadi. Qarangki, u qazg`oqda ham foyda berarkan.
  Resept: rayhon barglarini maydalab ezib zaytun yog`i bilan aralashtiramiz va bosh terisiga surtamiz. 50 daqiqadan so`ng yuvib tashlaymiz.
  Aytib o`tganimizdek qazg`oq — noxush muammo. Ammo uni har bir xonadonda mavjud bo`lgan vositalar yordamida bartaraf etish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1