Aktyorlar rolni qo`ldan chiqarmaslik uchun ot  minishni bilmasa ham, bilaman deyishadi (video)

Madaniyat 31.08.2022, 17:45
Aktyorlar rolni qo`ldan chiqarmaslik uchun ot  minishni bilmasa ham, bilaman deyishadi (video)

 “Qo`qon shamoli” kinosining  rejissyori Dilmurod Masaidov filmni s`yomka jarayonidagi xavfli vaziyatlar haqida gapirib berdi.

 

Rejissyor s`yomka jarayonlaridagi qiyinchilik haqida gapirar ekan, aktyorlarning rolni qo`lga kiritish uchun hatto yolg`ondan ham qaytmasligiga urg`u berdi.  

"O`zbek kinosi tarixiy filmlardan umuman bo`masada, ancha chiqib qolgan, – deydi u. – Aktyorlarimiz ot minishni bilmaydi. Men o`zim ham aktyorman. "Mashina boshqarishni bilasizmi?", desa rolni qo`ldan chiqarmaslik uchun "ha" deymiz. Ot minishni bilasanmi desa, "Jaa, kaskadyormasman-u, minib turaman", degan javobni aytishadi.Bu "minishni bilmaydi", degani. Bundan javodan rolni yo`qotishni xohlamayotganligini tushinavering."

Rejissyorning aytishicha,  “Qo`qon shamoli” kinosida  Umarxon obrazini yaratgan qahramon Ilhom Berdiev ot minishni bila turib, ushbu film uchun 1,5 oy otni yo`rg`alatib, unga suv berib, uni o`ziga o`rgantganligiga qaramay s`yomkaning birinchi kunida, birinchi kadrda-yoq, halokatga uchraydi. S`yomka jarayonida kino qaramoni Umarxon akasini o`ldirgan qotillardan otda qochayotgan sahnada erga yiqiladi. 

" Bu shunchaki yiqilishmas. Otlar yugurganda changlar ko`tarilib, to`zondan hech narsani ko`rmay qolganidan shoxga otning tezligida kelib urilib, yiqildi. Men tamom bo`ldim. O`yladimki, Umarxon endi qayta kadrga qaytolmaydi, degan fikr o`tdi hayolimdan", – deydi  Dilmurod Masaidov.

Ta`kidlanishicha, aktyor uch kun jonlantirish bo`limida yotadi. Pop tumani shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlari uni o`n kunda kadrga qayta kiroladigan qilib sog`aytirib, jonlantirib beradi. Rejissyor buning uchun tuman shifokorlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.  

Ma`lumot uchun: “Qo`qon shamoli” filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Dilshoh Media” kinostudiyasi tomonidan Dilmurod Masaidov rejissyorligida suratga olingan. Unda XIX asr boshida Qo`qon xonligidagi ichki ziddiyatlar, Qo`qon xoni Olimxonning va ukasi Umarxonning siyosiy harakatlari, saroy atrofidagi voqealar aks ettiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1