30 avgust kuni «Zo‘rTV» telekanali orqali ”Asakadagi tug`ruqxonadan sog`lom bolaning jasadi chiqdi” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatilgan.
Andijon viloyati prokuraturasi mazkur xabarga munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, 27 avgust kuni Asaka tuman TTB qarashli 2-tug`ruq kompleksi shifokorlari tomonidan homilador bemor Z.J.ning qornida nobud bo`lgan o`g`il jinsli homila jarrohlik yo`li bilan olingan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.
”Tekshiruvlar natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi”, - deyiladi munosabatda.






