1

Sovuq pavilonlar, DVD proektorlarda ko`rsatiladigan "sharmandachilik" yoxud Xarobadan koshonaga aylangan agentlik binosi...

Madaniyat 02.09.2022, 19:59
Sovuq pavilonlar, DVD proektorlarda ko`rsatiladigan "sharmandachilik" yoxud Xarobadan koshonaga aylangan agentlik binosi...

Batareyalari ishlamagan xarob hudud bugun Gollivud studilaridan hech qolishmaydi.

Rejissyor Rashid Malikov Kinematografiya agentligi faoliyati haqida fikr bildirar ekan, so`nggi 3-4 yildagi islohotlar mo`jizaviy ekanini aytadi.

"Taxminan 25 yil kattakon zalda kichkinagina DVD proetkorda film ko`rsatishardi. Bu hech qanday kino emas sharmandachilik edi. Kinoteatr ochilgan SNG davlatlarida eng katta proektor endi bizda bor. Mana, hozir aslo uyalmasdan mana man degan kinorejissyor kinoprodyuserlarni chaqirsak bo`ladi",-deydi Rashid Malikov.

Rejissyor so`zida davom etarkan ning qayd etishicha, "O`zbekfilm" kinostudiyasi yillar avvalgi ahvolini yodga oldi.

"Hozir biz turgan bu koshnaning har xil ahvolini ko`rganman. Xarob bo`lib, batareyalar ishlamasdan sovuqda faoliyat olib borilardi. Bunday ahvolni ham ko`rdim. Yaqin payt, 5-6 yil avval bu erga kirib bo`lmasdi. Oxirgi 3-4 yildagi islohotlar, o`zgarishlar mo`jizaviy islohotlar bu mo`jizaviy islohotlar",-deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1