Deputat Rasul Kusherbaev kitoblar narxi keskin oshib ketganiga munosabat bildirdi:
"O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 41-moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi", deb belgilangan.
Shu bois, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish ham Konstitusiyaga zid, deb hisoblaymiz.
Bu bizning nuqtai nazarimiz va uni to`g`ri, deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitusiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish bo`lardi" deydi deputat.
03.09.2022 09:26
"Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitusiyaga zid, deb hisoblaymiz"






