Soch to`kilishi nafaqat ayollarni, balki erkaklarni ham xavotirga soladigan muammodir. Olimlarning aniqlashicha, tarkibida kofein saqlovchi mahsulotlar soch to`kilishining oldini oladi va davolaydi, deb yozadi “Segodnya.ua” nashri.
AQShlik professor Peter Elsnerning aytishicha, qahva yordamida erkaklardagi soch to`kilishini samarali davolash mumkin. Chunki qahva tarkibidagi kofein moddasi erkaklardagi testosteron garmoniga ta`sir o`tkazadi. Ayni mana shu garmon miqdorining kamayishi yoki ko`payishi esa erkaklarda soch to`kilishiga sabab bo`ladi.
Biroq, bu muntazam ravishda qahva ichadigan insonlar soch to`kilishidan aziyat chekmaydi, degani emas. Soch to`kilishining oldini olish uchun kofeinni boshga niqob sifatida qo`llash lozim.
Kosmetolog Adolf Klenkning ma`lum qilishicha, kofein soch ildiziga qadar etib borishi uchun har bir kishi kuniga 60-80 finjon qahva ichishi talab etiladi. Bunday ko`p miqdordagi qahvani bir kunda iste`mol qilishning esa imkoni yo`q.
Soch to`kilishining oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan soch ildiziga qahvali niqob surib turish kerak.





