AsosiyJamiyat

Chimkentda ishlayotgan bir guruh o`zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo`yilgani aniqlandi

'Chimkentda ishlayotgan bir guruh o`zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo`yilgani aniqlandi'ning rasmi

Qozog`istondagi vatandoshlarimiz hujjatlari va oylik maoshlari olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migarsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Chimkent shahrida ishlayotgan bir guruh o`zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo`yilganligi va majburiy ushlab turilganligi to`g`risida murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakolatxonasi xodimi hamda Chimkent shahar polisiya departamenti tezkor guruhi bilan fuqarolarning ish joyiga borildi.

"Hamyurtlarimizning pasportlari qaytarildi va oylik maoshlari undirib berildi. Hozirgi kunda ularni Vatanga qaytarish choralari ko`rilmoqda", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar